Янгиликлар
12
SUVLIQLIKLAR MUROJAATI HUQUQIY TARTIBDA O‘RGANILDI
Navoiy viloyati adliya boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va viloyat harbiy prokuraturasi hamkorligida Nurota tumanining olis manzillaridan biri bo‘lgan "Suvliq" qishlog‘ida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Mazkur hudud tuman markazidan 85 kilometr uzoqlikda joylashgan. Unda tizim rahbarlari aholining mavjud dolzarb muammolarni aniqlash maqsadida fuqarolar murojaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot orqali yechim topdilar.
Sayyor qabul jarayonida uy-joy ta’minoti, ta’lim, tadbirkorlik va chorvachilik yo‘nalishlarida krediti olish, davolanish uchun pul mablag‘i olish, sud-huquq masalasi, uy-ta’miri, ishga joylashish kabi murojaatlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilinib, ayrimlari tegishliligiga ko‘ra yo‘naltirildi.
Bundan tashqari, qabul mobaynida mobil ofis orqali aholiga sayyor tartibda60 dan ortiq davlat xizmatlari koʼrsatildi. Subsidiya, taksi faoliyati bilan shugʼullanish, oʼquv markazlari tashkil etish, yakka tartibda tadbirkorlikni yoʼlga qoʼyish shular jumlasidan.
Sayyor xizmat jarayonida 4 ta tadbirkorlik subʼekti davlat roʼyxatidan oʼtkazildi fuqarolarga 60 dan ortiq boshqa turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatildi.