Янгиликлар
13
"IJTIMOIY PROFILAKTIKA KUNI"DA HUQUQIY XIZMATLAR HAM KOʻRSATILDI
Navoiy viloyatida ijtimoiy profilaktika kuni tashkil etildi. Viloyat hokimi boshchiligida IIB, adliya boshqarmasi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat tashkilotlari va muassasalar ishtirok etdi.Maqsad aholiga kompleks tarzda ijtimoiy yordam koʻrsatish.
Aytib oʻtish kerak 2017-yilda prezident qarori bilan joylarda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kunlari” ni oʻtkazib borish vazifasi belgilangan edi.Shunga asosan tashkil etilgan “Ijtimoiy profilaktika kuni”da fuqarolarnnig muammolarini har tomonlama oʻrganish,ularning yechimi boʻyicha zarur choralar koʻrish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat tashkilotlari masʼullari ishtirokida koʻmak guruhlari shakllantirildi. Asosan ijtimoiy kam taʼminlangan,”Ayollar daftari”ga kiritilgan, nizoli va muammoli oilalar holidan xabar olindi.Aytib oʻtish kerak bugungi kunda viloyatda 3056 nafar xotin-qiz ayollar daftariga kiritilgan.
Muloqotlar davomida fuqarolarning uy-joy taʼminoti, bank-kredit, oilaviy va mehnat munosabatlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bilan bogʻliq masalalariga, adliya organlari masʼullari huquqiy tushuntirishlar berilib,30 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi.Fuqarolarga sayyor tartibda 10dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Inson oʻzini qachon baxtli his etadi? Oilaviy totuvlik, iqtisodiy barkamollik va ijtimoiy xizmat turlaridan foydalana olishdagi qulaylik yaratilib, tashabbus va gʻoyalarini namoyon etish imkoniyati kengayganda kishilar oʻzlarida ana shunday baxtiyorlik va xotirjamlikni tuyadilar. Oʻzbekiston bugun shu yoʻldan ketmoqda. Zero bu omillar, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida nazarda tutilgan xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali taʼminlash kabi maqsadlar bilan uygʻundir.