Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

NAVBAHORDA HUQUQIY TARG‘IBOT


Navbahor tumani adliya bo'limi tomonidan aholining turli qatlamlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kengaytirish, fuqarolarda mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, yuzasidan uchrashuvlar o'kazilmoqda. Muloqotlar davomida, konstitutsiya loyihasida ilgari surilayotgan takliflar mazmun-mohiyati xususida yig‘ilganlarga tushuncha berib borilayapti. Shunday tadbir 25-son umumta'lim maktabida tashkil etildi.

Unda ta’kidlandiki,  yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 48-moddasida qayd etilishicha, “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli.  Ilk marotaba davlat o‘z zimmasiga sog‘lom turmush tarzini yuritish, jismoniy faollikni oshirish va sport bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish majburiyatini yuklanayotgani e’tirofga sazovor. Tadbirlar hududdagi korxona va tashkilotlarda davom etmoqda.