Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Adliya: "Cho'l manzillarida sayyor xizmat.


"Baymurat" va "Ushtobe"da turmush kechirishning noqulay tomonlari bo'lishiga qaramay aholi biyday cho'lda tirikchilik qiladi, ovullarda yashaydi. Bugun choʼl manzillarida ham odamlar oilaviy va xususiy korxonalar ochmoqda.

Konimex tumani adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi xodimlarining "Baymurat" va "Ushtobe" ovullarida oʼtkazgan mobil xizmati jarayonida ettita oilaviy va xususiy tadbirkorlik korxonalari yoʼlga qoʼyildi. Endi ularning ayrimlari oila aʼzolari bilan  umumiy ovqatlanish shaxobchasi, savdo majmuida tadbirkorlik qiladi. 

Аslida bu hudud odamlari uchun bunday oilaviy korxona zarur edi. Bundan tashqari, klasterdan er olib, chorvachilik bilan shug'ullanadilar. Mobil sayyor xizmat tumandan 210 va 240 kilometr uzoqlikda joylashgan ikki ovul odamlarining 56 nafariga davlat xizmatini koʼrsatdi. Jumladan, fuqarolarni MOBIL-ID tizimidan ro'yxatdan ham o'tkazdilar. 56 nafar fuqaroning yumushi oʼz ovulida bitdi.