Янгиликлар
19
XALQ BUYUK KUCHDIR, UNING IRODASI QONUN HIMOYASIDA
Nurota tumani adliya bo'limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Anjuman shaklida tashkil etilgan muloqotda mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so‘z yuritildi.Xususan, so‘nggi yillarda xalq bilan muloqot tizimining yo‘lga qo‘yilganligi, mantiqsiz “propiska” tizimining tubdan isloh qilinishi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda eksterritoriallik prinsipining joriy etilganligi, mansabdorlarning doimiy hisobot berib borishi, ular faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan talablarning belgilanganligi, inson huquq va erkinliklariga bo‘lgan hurmatning yangi bosqichga ko‘tarilganligi, majburiy mehnatdan voz kechilganligi va bu bir qator qulayliklar joriy etilgani aniq misollarda keltirib o‘tildi.