Янгиликлар
20
NAVBATDAGI SAYYOR QABUL
Ayni vaqtda aholining turli qatlamlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kengaytirish, aholida mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan Navbahor tumani "Koʻhron" MFY binosida sayyor qabul oʻtkazilmoqda.
Qabulda tuman hokimining birinchi o'rinbosari M.Jumaboyev, tuman Xalq qabulxonasi mudiri I.Razzoqov, tuman Adliya bo'limi boshlig'i E.Fayzullayev, sektor rahbarlari, korxonalar rahbarlari, mahalla faollari va 30 dan ortiq fuqarolar ishtirok etishmoqda.
Sayyor qabul jarayonida aholi tomonidan bildirilgan uy-joy taʼminoti, taʼlim, tadbirkorlik va chorvachilik yoʻnalishlarida krediti olish, davolanish uchun pul mablagʻi olish, sud-xuquq masalasi, uy-taʼmiri, ishga joylashish kabi murojaatlari yuzasidan kerakli tavsiyalarni olmoqdalar.
Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilinmoqda.
Vaqt talab etiladiganlariga tegishliligi boʻyicha qonuniy yoʻl-yoʻriq koʻrsatilib, taklif va tavsiyalar berilmoqda.