Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

“САВОЛ БЕРИНГ, ЖАВОБ ҚАЙТАРАМИЗ” ЛОЙИҲАСИ


❓Yolg‘iz onadan tug‘ilgan bolaning tug‘ilishini qayd etish uchun qayerga murojaat qilish va qanday hujjatlarni taqdim etish lozim bo‘ladi?

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2013-yil 31-dekabrdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga asosan yolg‘iz onadan tug‘ilgan bolaning tug‘ilishni qayd etish uchun yolg‘iz (qonuniy nikohda bo‘lmagan) ona tomonidan FHDY organiga onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma ariza taqdim etiladi.

Agar tug‘ilgan bolaning onasi voyaga yetmagan bo‘lsa, tug‘ilishni qayd etish bolaning tug‘ilganligi haqida tibbiy ma’lumotnoma hamda vasiylik va homiylik organining arizasiga asosan onaning yashash joyidagi FHDY organi tomonidan qayd etiladi.

Bu savolga Tomdi tumani adliya bo‘limi FHDY idorasi mudirasi Raya Inoyatova quyidagicha javob berdi.