Янгиликлар
27
❓Qanday hollarda nikoh FHDYning o‘zida bekor bo‘ladi?
FHDY organlarida nikohni bekor qilish (ajrashish) quyidagi barcha shartlar mavjud bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin:
-er va xotinning nikohni bekor qilishga o‘zaro roziligi;
-umumiy voyaga yetmagan bolalarning mavjud emasligi;
-mulkiy nizolar bo‘lmaganda.
Bu holatda er-xotinning qo‘shma arizasiga asosan ulardan birining yashash joyi bo‘yicha FHDY organi nikohni bekor qiladi.
Er-xotindan biri biror bir sababga ko‘ra qo‘shma ariza berish uchun kela olmasa, arizani er-xotin nomidan ularning biri berishi mumkin.
⚡️FHDYga kelmagan er (xotin)ning arizadagi imzosi notarius yoki yashash joyi bo‘yicha FHDY organi mudiri tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Bu savolga Zarafshon shahar adliya bo‘limi FHDY idorasi mudirasi Kamilla Ishankulova javob berdi.