Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

BUGUNDAN SUBSIDIYAGA ARIZA QABUL QILISH BOSHLANADI


Rasmiy band bo‘lmaganlarga ham ipoteka krediti ajratilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2023 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni (PF–51-son (https://lex.uz/docs/-6433775), 13.04.2023-y.) qabul qilindi.

☑️Unga ko‘ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning amaldagi tartibiga 2023-yil 1-maydan quyidagi o‘zgartirishlar kiritiladi:

▪️banklarga rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditini ajratishda ularning to‘lov qobiliyatini aniqlashning muqobil usullaridan foydalanishga, shu jumladan qarz oluvchilarning bank kartasi aylanmasi, ijara, kommunal va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarini inobatga oluvchi skoring tizimi joriy qilinadi;

▪️banklarga qarz oluvchi tomonidan to‘langan dastlabki badal miqdori, imtiyozli davr muddati va boshqa ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, subsidiyasiz ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini o‘rnatish huquqi beriladi;

▪️professional ta’lim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar bo‘yicha dars berayotgan yoki o‘quv amaliyotini o‘tkazayotgan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalariga imtiyozli shartlarda subsidiya xabarnomalarini berish tartibi joriy etiladi;

▪️uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun olinadigan ipoteka kreditlari bo‘yicha berilgan subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 4 oy etib belgilanadi;

▪️2023-yil uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratishga doir arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2023-yil 1-maydan 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi;

☑️2023-yilda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun respublika bo‘yicha jami 44 690 ta ipoteka kreditlari ajratiladi.

☝????Mazkur kreditlarning kamida 30 foizi xotin-qizlarga ajratilishi belgilangan.

▪️Ipoteka kreditlari bo‘yicha 30 ming nafar shaxsga subsidiyalar ajratiladi.

☑️2023-yil 1-maydan:

▪️qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylarning qurilishi yakunlangan qismini (qavatlarini) banklar tomonidan kredit ta’minoti sifatida bosqichma-bosqich garovga olish amaliyoti joriy etiladi;

▪️2025-yil 1-yanvargacha ayrim qurilish materiallari va xomashyo turlarini import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.

☑️2024-yil 31-dekabrgacha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan xususiy pudrat tashkilotlariga Toshkent shahrida – 9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda – 7 va undan yuqori, qishloq joylarda – 5 va undan yuqori qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari bo‘yicha 24 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga kafillik va kompensasiya taqdim etiladi:

▪️kompensasiya – kredit summasidan qat’i nazar har bir ko‘p kvartirali uy-joy uchun kreditning 5 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismi bo‘yicha to‘lanadi;

▪️kafillik – kredit summasidan qat’i nazar har bir ko‘p kvartirali uy-joy uchun 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi;

▪️kafillik va kompensasiyalar berish uchun maydoni 70 kvadrat metrdan oshmagan kvartiralar soni qurilayotgan uy-joydagi jami kvartiralar sonining kamida 70 foizini tashkil etishi lozim.

☝????2023-yilda fuqarolarning alohida toifalari (harbiy xizmatchilar) uchun 4 000 ta kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratiladi.