Янгиликлар
04
“Yuridik kadrlar uchun mehnat bahori” yarmarkasi tashkil etildi
Navoiy viloyati yuridik texnikumida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2023-yil 25-yanvarda 12-um son buyrug'i bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil I va II choraklarga moʻljallangan Ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, bitiruvchi kurs oʻquvchilari uchun “Mehnat bahori” tadbiri oʻtkazildi.
Mazkur mehnat yarmarkasida viloyat hududidagi yarmarkada huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat tashkilotlari, notarial palata, advokatura, yirik va mayda biznes tashkilotlari mas'ullari ishtirok etishib, bitiruvchilarga o'z mutaxassisliklari doirasida ishga joylashishning shartlari va tartibi to'g'risida ma'lumotlar berishdi.