Янгиликлар
04
MA’MURIY HUQUQBUZARLIK SODIR ETGANDA JARIMA TO‘LASH BO‘YICHA YENGILLIKLAR JORIY ETILDI
????Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Navoiy shahridagi president maktabi o‘qituvchi va texnik xodimlari uchun tashkil etilgan “Speech time”da maʼmuriy jarimalarni toʻlashda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartish kiritish boʻyicha O‘zbekiston Respublikasi Qonun (OʻRQ–830-son, 18.04.2023-y.) mazmun mohiyati xususida so‘z yuritildi.
mamlakatimizda sud hujjatlarini va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilyapti.
????Xususan, bundan 3 yil avval 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod etilishiga oid soddalashtirilgan tartibning amalga kiritilishi oʻzining ijobiy samarasini koʻrsatdi. Muloqotda shu haqda so‘z yuritilar ekan, ushbu soddalashtirilgan tartibning sud tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga nisbatan tatbiq etilmasligi, shuningdek, amalda ayrim maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun belgilangan jarima miqdorining yuqoriligi fuqarolarga iqtisodiy tomondan qiyinchiliklar tugʻdirib kelayotgani ta’kidlandi.
????Shundan so‘ng, O‘RQ 830 bilan bilan huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlasa jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinishi belgilangani va boshqa tartiblar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.