Янгиликлар
05
QONUN OLDIDA BARCHA BAROBAR
????Mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ravishda ishtirok etishini taʼminlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash sohasida mustahkam huquqiy asoslar yaratildi.Shu kunga qadar mazkur yoʻnalishda 40 dan ortiq qonunosti hujjatlari va 4 ta qonun qabul qilindi.
????“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 11-aprelda qabul qilingan 829-son Qonun mazkur yoʻnalishdagi yana bir muhim hujjat hisoblanadi.
????Navoiy viloyat adliya boshqarmasi va kasaba uyushmalari tashkilotlar birlashmasi hamkorligida Qonun mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan huquqiy targʻibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda viloyat oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, mahalliy kengash deputatlari , “Oqila ayollar harakati” aʼzolari va faol xotin-qizlar ishtirok etishdi.
????Muloqot avvalida, mamlakatimizda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini tazyiq va zoʻravonlikdan ishonchli himoya qilishning huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirilayotgani, bolalar orasida nazoratsizlikning va ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga, shuningdek, nogironligi boʻlgan bolalarni hamda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan keng koʻlamli ishlar xususida maʼlumot berilib, Qonun bilan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tazyiq va zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirilayotgani boʻyicha huquqiy tushunchalar berib oʻtildi.
????Shundan so'ng, 2022-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi 809-sonli qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan ham ma'lumotlar berib o'tildi.
????Muloqot yakunida mahallalarda xotin-qizlar boʻyicha mutaxassislar tomonidan real vaziyatlar, mahalla ayollarining murojaatlarini ijobiy hal etish boʻyicha berilgan savollarga huquqiy asoslantirilgan javob berilif,takliflar yozib olindi.