Янгиликлар
08
Xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila aʼzolariga moddiy yordam beriladi
????Qonunchilikka koʻra, (https://lex.uz/docs/-5893253) har yili hokim yordamchilari yozma tavsiyanomasiga asosan:
????boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan oilalarga BHMning 2 baravari (660 ming soʻm) miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi;
????mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 650 ming soʻm) miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi;
????mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Oʻzbekistonda ular bilan birga yashovchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yoʻllanma beriladi.