Янгиликлар
08
DOIMO ARDOG‘IMIZDASIZ!
????Adliya organlari tizimi shonli tarixga ega. Shu tarixni yaratganlar, oʻzining halol mehnati bilan unda yashaganlarni adliya unutmaydi. Shu bois har yili 9-may xotira va qadirlash kuni arafasida ularni yoʻqlash goʻzal anʼanaga aylangan. Navoiy viloyat adliya boshqarmasida ham bu qadriyat bardavom. Ayyom munosabati bilan boshqarmada faxriylar bilan uchrashuv tashkil etildi.
????Iliq muloqot bilan boshlangan xotira anjumanida mamlakatimizda oʻz tarixiga ega boʻlgan sud-huquq tizimi, ilk huquqiy islohotlar, oʻsha davrlardagi mavjud shart-sharoitlar yodga olinib, bugungi kunda qonunchilikdagi zamonaviy yondashuv, sharoitlarning xalqaro standartlarga moslashtirib borilayotgani, adliya organlari tizimida yoʻlga qoʻyilgan ustoz-shogird anʼanalari borasida fikr almashildi.
????Aytib oʻtish kerak, adliya boshqarmasi huzurida tashkil etilgan faxriylar kengashi aʼzolari bugungi kunda 30 nafardan ortiq. Faxriylar bilan doimiy muloqot yoʻlga qoʻyilgan. Boshqarmada ular uchun alohida xona va faxriylar burchagi mavjud.
????Ustozini qadrlagan shogirdning toleyi baland boʻldi. Uchrashuv davomida faxriylarga ularning oʻtgan yillardagi samarali faoliyati uchun minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovgʻalari topshirildi.
????Roʻziqulova Hamrooy aya shu yil 87 bahorni qarshiladilar. U kishi 30 yil davomida Nurota tumanida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimida mudira boʻlib ishlaganlar. Ayni paytda ayaning 7 nafar farzandi. 50 dan ortiq nabira va evaralari bor.
????Uchrashuvga kelgan har bir adliya faxriysi oʻz tarixi, ishlagan davri va amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisida bir piyola choy ustida xotiralar bilan kengashdi.
????Halollik, jonkuyarlik va fidoiylik doimo qadrlanadi. Adliya faxriylari ana shu yoʻllardan oʻtgan. Ularning xayot tajribasi yoshlar uchun ibrat. Shu bois ham ular mudom el ardogʻida.