Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

X.SULAYMONOVA NOMIDAGI RESPUBLIKA SUD EKSPERTIZASI MARKAZI MAS’ULLARI NAVOIYDA


????Navoiy viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori A.Xalilov hamda viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi A.Sarabekovning sayyor qabuli tashkil etildi. Unda 100ga yaqin fuqarolar va tadbirkorlar ishtirok etishdi.
????Qabulda sud-ekspertizasi bilan bog‘liq masalasi bo‘lgan tadbirkorlar tomonidan 10 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.
Aytib o‘tish kerak, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan olib borilayotgan tergov jarayonlarining adolatli yakun topishida Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining alohida oʻrni bor. Aynan ekspertlarning xulosasi bilan aksariyat jinoyatlar qanday sodir boʻlganiga va jinoyatchilarning shaxsiga oydinlik kiritib kelinmoqda. Jinoyatlarni ochish va odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq tergov organlari hamda sudlar faoliyatida fan-texnika yutuqlaridan keng foydalanishga ehtiyoj ortib borayapti.
????Shu bois, sayyor qabul davomida mazkur masala murojaatlarning asosiy mazmuniga aylandi.Nurlan Isroilov Navoiy shahrida bir necha yildan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib keladi.U turar –joy ekspertizasi bo‘yicha qilgan murojaatiga ijobiy yechim topdi.
????Bundan tashqari, qabulda fuqarolarga ekspertiza turlari kengayayotgani, endilikda advokatlar tashabbusi bilan ham eksapertiza tayinlash imkoniyatlari mavjudligi borasida ma’lumotlar berildi.
????Sayyor qabul davomoda fuqarolarning soliq, bank-kredit, ish satajini tiklash va mehnat munosabatlariga oid murojaatlari tinglanib, adliya ish yurituviga qabul qilindi