Янгиликлар
10
NUROTADA MEHNAT KODEKSI TARG‘IBOTI
????“Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonun kuchga kirdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolanib tasdiqlangan beshta modda va 42 banddan iborat qonunga koʻra, yangi Mehnat kodeksi mehnatga oid munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy prinsiplarni oʻz ichiga oladi.Nurota tumanida Mehnat kodeksi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
????Muloqot davomida davlat tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyotmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar bilan taʼminlanishi 798-sonli qonun bilan kafolatlangani, yangi Mehnat kodeksida, shuningdek xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini yoʻlga qoʻyish hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bogʻliq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi haqida ma’lumot berib o‘tildi.