Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

XOTIN-QIZLAR VA BOLALAR HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA


♦️Navoiy kon metallurgiya kombina GMZ korxonasida xotin-qizlar uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.Tadbirda Navoiy Shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari ishtirok etib, “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 829-son Qonuni mazmun-mohiyati  to‘g‘risida ma’lumot berdilar.
♦️Qayd etilgadiki, Qonun bilan «Prokuratura to‘g‘risida»gi, «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi, «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi va boshqa jami 9 ta qonunga hamda Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, Oila va Mehnat kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
♦️Qonun bilan, “oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik”, “ta’qib etish” kabi tushunchalar kiritilib, ushbu huquqbuzarliklar uchun tegishli ravishda ma’muriy hamda jinoiy javobgarliklar belgilangani muloqot davomida ta’kidlandi.
Shuningdek,jinsiy zo‘ravonlik, shu jumladan, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda ko‘zda tutilgan yengilliklarning berilmasligi aytib o‘tildi.