Янгиликлар
12
AYOL-OILA GULTOJI!
♦️Navoiy viloyat adliya boshqarmasi, Ayollarni reablitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining Navoiy viloyat hududiy bo‘limi hamkorligida “Oila kuni”munosabati bilan huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 829-son Qonuni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib berildi.
♦️Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan 40 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar va 4 qonun mavjud.O‘RQ-829 bu boradagi qonunchilikni yanada to‘ldirdi. Tadbirda shu xususida so‘z yuritilar ekan, shilqimlik, jinsiy,jismoniy ruhiy tazyiq o‘tkazish, zo‘ravonlikning har qanday shakli uchun alohida tartibda jazo belgilangani, bolalarni qarovsiz qoldirish, ularga nisbatan ishlatilgan zo‘ravonlikning barcha turlari uchun javobgarlik kuchaytirilgani to‘g‘risida aytib o‘tildi.Tadbir mobaynida badiiy jamoalarning ham chiqishlari tashkil etilib, yakka tartibda sayyor qabullar va psixologik treninglar o‘tkazildi.