Янгиликлар
22
XALQ XIZMATI – OLIY SAODAT
Xayotida muammosi bor insonning halovati bo‘lmaydi.Bunday kishilarning ayrimlari betoqat bo‘lsa, ba’zilari dardini yashirib muammoni kattalashtiradi.Vaholanki, har qanday ijtimoiy masalaning yechimi huquqiy savodxonlikdadir.Shu bois, adliya organlari doimo huquqiy ko‘makka shay.
Tizimda fuqaro murojaatlari bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilib, sayyor qabullar, uyma-uy tadbirlari, ochiq muloqotlar, ijtimoiy tarmoq va ishonch telefonlari orqali murojaatlarni qabul qilish samarali yo‘lga qo‘yilgan. Biror murojaatchi yo‘qki, bu dargohdan norizo bo‘lib ketsa.Kishi huquqiy masalasini shu yerning o‘zida yoki soha vakili ko‘magida tegishli idoraga yo‘naltirilib hal etishlari mumkin.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasiga 2023-yilning birinchi choragi davomida 500 ga yaqin, tuman, shahar adliya bo‘limlariga 800 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan .Murojaatlar asosan mehnnat nizolari, oilaviy munosabatlar, uy-joy ta’minoti, bank-kredit,soliq masalalariga asosan bo‘lib ish yurituv jarayonida ularning adliya idoralariga tegishli bo‘lgan murojaatlar ijobiy hal etib berildi.