Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

ADLIYA HAMKORLIGIDA 3-SEKTORDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILMOQDA


Karmana tumani 3-sektor hududida  Navoiy viloyat adliya boshqarmasi va ichki ishlar boshqarmasi boshliqlarining sayyor qabuli tashkil etildi. Bugungi kunda 3-sektor hududida 10 dan ortiq  mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud.Navbatdagi muloqot “Yangi xayot” mahallasida o‘tkazilib, unda “Talqoq”, “Shibzon”, "Xoncharbog' '" mahalla fuqarolari ham qatnashishmoqda.

Bugungi kunda  “Yangi xayot” mahallasida 5440 nafar fuqaro va 1207 ta oila istiqomat qiladi.

Qabulga kelgan inson bir muammosiga yechim topib savoliga javob olsa, tashrifidan ko‘ngli to‘ladi.Amina Qarshiyeva ham ana shu maqsadda sayyor muloqotda ishtirok etdi. Uning masalasi sifatli bepul tibbiy xizmat olish orqali sog‘ligini tiklash bilan bog‘liq.Tegishli mutaxassislar ko‘magida  fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilib, murojaatni ijobiy qanoatlantirish uchun kerakli hujjatlar hozirlandi.

Feruz Xoliqov kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda mas'ullardan yordam so'radi. Fuqaroning ishi tegishli tartibda o‘rganilib amaliy yordam ko‘rsatildi.

Sayyor qabul davomida elektr energiyasi va gaz ta'minoti,yo‘l, uy-joy ta’miri va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyaqtini boshlash, bank-kredit masalalarida ham bir qator murojaatlar kelib tushdi.Aholining 30ga yaqin muammosi  ijobiy hal etish maqsadida adliya organlariga ish yurituviga qabul qilindi.
Shundan so‘ng fuqarolarga farzandini mttga ro'yxatga qo'yish,elektron imzo olish, e-auksionda ishtirok etish, tibbiy va manzil ma’lumotnomalar olish bo‘yicha 13marta davlat xizmatlari ko‘rsatildi.