Янгиликлар
29
SUD ISHLARINI YURITISH “SUDNING FAOL ISHTIROKI” TAMOYILI ASOSIDA AMALGA OSHIRILADI
Nurota tumanida “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ 833-sonli qonuni targ‘iboti tashkil etildi.
Targ‘ibot tadbirlari davlat organlari va tashkilotlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tdi.Muloqotlar davomida huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik subyektiga ommaviy-huquqiy munosabatdan kelib chiqadigan nizo bilan birga zararni undirish talabi bo‘yicha ham ma’muriy sudga kiritish huquqi taqdim etilgani,ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ijro qilinmagan taqdirda, ularga nisbatan sud jarimalarini qo‘llash, takroran ijro qilinmaganligi uchun sud jarimasini oshirilgan miqdorda qo‘llash belgilangani haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha taraflar o‘rtasida yarashuvga erishish mexanizmlari joriy qilingani xususida huquqiy tushunchalar berildi.
Ayni paytda mazkur yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda.