Янгиликлар
31
Adliya vazirligi yuridik texnikumlari xodimlari uchun tashkil etilgan qisqa muddatli stajirovka davom etmoqda.
Bugun yuridik texnikumlarning Axborot-resurs markazi mutaxassislari TDYU Axborot-resurs markazida stajirovkada bo‘lishdi.
Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar davomida yuridik texnikumlarning Axborot-resurs markazlari faoliyatini tashkil etish, ta’lim yo‘nalishlarini o‘rganib chiqish va yo‘nalishlarga mos adabiyotlar bilan kitob fondini butlash, tizimlashtirish va kataloglashtirish, elektron kutubxonalar tashkil etish, adabiyotlarning elektron shaklini yaratish, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, masofadan xizmat ko‘rsatish, jahon ta’lim elektron bazalari va ulardan foydalanish, bibliografik ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha ma'lumotlarga ega bo‘ldi.
Shuningdek, xodimlar ish yuritish faoliyatiga oid hujjatlar namunalari, tarqatma materiallar bilan ta'minlandi.