Янгиликлар
02
NAVOIY ADLIYA: “OILA KUNI”
Oila tinch bo‘lsa ishda unum, mehnatda baraka bo‘ladi.Аdliya organlarida xodimlarning ish unumdorligini oshirish maqsadida ularning oilalari bilan bevosita muloqot yo‘lga qo‘yilib, alohida “Oila kunlari” tashkil etilgan. Bu adliya qadriyatlari bosh meʼzonlardan biri. Mazkur anʼana Navoiy viloyati adliya boshqarmasida ham davom ettirilib, boshqarma maʼmuriy binosida “Family day” “Oila kuni” tashkil etildi.
Mingga yaqin sharlar, turli oʼyinchoq va bezaklar bilan yasatilgan hudud 50 dan ortiq bolani bir davrada jamladi. Bino hovlisida ular uchun alohida oʼyingoh hozirlanib, ertaknamo muhit yaratildi
Oila anjumani ertak qahramonlari chiqishlari bilan yanada ko‘tarinki ruhda davom etdi.Ular tomonidan bolajonlar uchun tashkil etilgan ko‘ngilochar o‘yinlar va madaniy dastur badiiy sahnani boyitdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Barcha uchun hozirlangan dasturxon va bayram tortidan so‘ng tadbirga tashrif buyurgan har bir bolaga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ro‘zg‘ordagi baraka, oiladagi tinchlik va mehnatdagi unumdorlik bilan bogʼliq.Bular uyg‘un bo‘lganda kishi o‘zini baxtiyor his etishi, xayotdan rozi bo‘lib yashashi mumkin. Oila kunlarining tashkil etilishi aynan mazkur maqsad ro‘yobi uchun xizmat qilishi shubhasiz.