Янгиликлар
07
HUQUQIY TARG‘IBOT
Navoiy mashinasozlik zavodi ishlab chiqarish birlashmasida adliya boshqarmasi tomonidan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Muloqot avvalida O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati, bosh qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar xususida ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng, joriy yilning 30 aprelidan kuchga kirgan Mehnat kodeksi, mavjud o‘zgartirishlar xususida ma’lumot berilib, tadbir ishtirokchilarining mehnat ta’tiliga chiqish tartibi, tashkilotda yuzaga keladigan mehnat nizolari bilan bog‘liq vaziyatlar yuzasidan berilgan savollarga huquqiy javob qaytarildi.
Muloqot intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi yangiliklar tafsiloti bilan davom etdi. Bunda dastavval intellectual mulk sohasiga izoh berilib, mazkur yo‘nalishda mavjud qonun hujjatlari,brend olish va kontrofakt mahsulotlar savdosiga qarshi kurashish borasidagi ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.