Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

HUQUQIY VIKTORINA


Oliy ta’lim muassasalari yoshlari o‘rtasida huquqiy viktorina o‘tkazildi.Bunda Navoiy davlat pedagogika institute va Navoiy konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi konstitutsiyasi va “Mehnat kodeksi” yuzasidan o‘z bilmlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi, NDPI hamda viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan huquqiy viktorinada 30 ga yaqin yoshlar guruhlarga bo‘lingan holda o‘zaro bellashdilar.

Tadbir ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi.Dastlab ishtirokchilar yangi tahrirdagi konstitutsiya bo‘yicha bilimlarini charxlashgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda “Mehnat kodeksi”dagi o‘zgartirishlar savollarning asosini tashkil etdi.

Murosasiz kechgan bellashuvlarda Navoiy davlat pedagogika institutining “Femida” jamoasi mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.