Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Adliya: Navoiy viloyatida 2023-yilning 5-iyun holatiga 2156 ta nikoh rasmiylashtirildi.


FHDYO idoralarida tug‘ilish, nikohni qayd etish, ajrim va o‘lim holatlarida 5-iyun holatiga 15 ming 600 ga yaqin harakat amalga oshirilgan. 2156 ta nikoh, 10776 ta tug‘ilish rasmiylashtirildi,  653 ta ajrim hamda2008 ta o‘lim holati qayd etildi. 

Mazkur davr mobaynida tug‘ilish harakatida  376 ta bolaga otalik huquqlari belgilandi, 67 nafar bola farzandlikka olindi.

Eng ko‘p tug‘ilish Navoiy shahrida kuzatildi-2657 nafar, Xatirchi tumanida 1928 nafar, Karmana tumanida esa 1458 nafar bola dunyoga keldi. Eng ko‘p nikoh ham Navoiy shahrida kuzatilgan. 486 ta nikoh qayd etildi, Xatirchi tumanida 407 ta oila rasman nikohlandi, Qiziltepa tumani 339 ta yangi oila nikoh guvohnomasiga ega bo‘ldi. Afsuski, ajrimlar bo‘yicha peshqadam Xatirchi tumani, 121 ta oilaning nikohi bekor qilindi, Karmana tumanida bu ko‘rsatkich 101 tani tashkil etmoqda.