Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Adliya vazirligi yuridik texnikumlari xodimlari uchun tashkil etilgan qisqa muddatli stajirovka davom etmoqda.


 Yuridik texnikumlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari uchun tashkil etilgan “Oʻquvchilarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ularning qiziqishlari va intellektual qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish" bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

 Mashg‘ulotlar davomida,  yuridik texnikumlarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalar, to‘garak va klublar faoliyati tahlil qilindi. Mutaxassislar tomonidan mazkur loyihalarni amalga oshirishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozim ekanligi ta’kidlab o‘tildi. 

 Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarda yuridik texnikum xodimlari universitetda tashkil etilgan, klub va to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.