Янгиликлар
08
“INSON QADRI UCHUN” AKSIYASI NAVOIYDA START OLDI
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Adliya vazirligining “Inson qadri uchun” tamoyili asosida joriy yilning 2-iyunidan - 30-iyun kuniga qadar o‘tkaziladigan “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi” bo‘yicha Navoiy viloyatida targ‘ibot ishlari boshlab yuborildi.
Xususan, Aksiya boshlanganligi haqida Navoiy viloyat adliya boshqarmasining rasmiy-veb sahifasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda tuman (shahar) hokimliklarining veb-saytlariga xabarlar joylashtirilishi ta’minlandi.
Shuningdek, aksiya doirasida sayyor qabulllar tashkil etilishi bo‘yicha hududlardagi barcha MFYlarni qamrab olgan holda reja-grafik tasdiqlandi va mazkur reja-grafik asosida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilishi ishlari boshlab yuborildi.
Jumladan, Navoiy konchilik instituti qoshidagi Uchquduq sanoat texnikunida hamda Uchquduq kasb-hunar maktabida 5-6-iyun kunlari sayyor qabullar tashkil etilib, sayyor qabulda 100 nafardan ortiq fuqarolar va tashkilot, muassasa xodimlari ishtirok etib, qabulda asosan mehnat qonunchilikgi yuzasidan murojaatlar eshitilib, murojaatlarning aksariyatiga joyida qonuniy yechim va huquqiy tushintirishlar berildi, o‘rganish talab etiladigan 2 ta murojaatlar nazorat tartibida ko‘rib chiqish uchun Uchquduq tuman adliya bo‘limi ish yurituviga qabul qilindi.
Aksiya doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar alohida nazoratga olingan bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha topshiriqda belgilangan muddatlar axborot berib borilishi ta’minlanadi.