Янгиликлар
08
Konstitutsiya targʼiboti
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan 11-son jazoni ijro etish muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Mehnat Kodeksi mazmun-mohiyati bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o'tkazildi.
Targ'ibot davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiya va Mehnat Kodeksidagi o‘zgarishlar, mamlakatimizda so‘nggi yillarda ozodlikdan mahrum etish joylarida mahkumlarni saqlash shart-sharoitlarini insonparvarlik nuqtai nazaridan yanada yaxshilashni nazarda tutuvchi, sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishini ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganligi haqida so‘z yuritildi.
Tadbir soʻngida ishtirokchilarga intellektual mulk huquqi tushunchasi, brend olishda tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar xususida huquqiy ma'lumotlar berib o'tildi. Tadbirda jazo muddatini oʻtayotganlar mahkumlar tomonidan berilgan barcha savollarga qonuniy va to‘liq javob berildi