Янгиликлар
07
Adliya: Sayyor xizmat bilan xalq ichidamiz
Navbahor tumani o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabulda hududning "Mirzo Ulug‘bek" mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi O‘ral ota Ahmedov uyiga suv o‘tkazish uchun davlat xizmatiga ehtiyoji borligini bildirdi. Navbahor tumani adliya bo‘limi DXM xodimlari shu kunning o‘zidayoq otaxon xonadonida bo‘lib, murojaati bo‘yicha sayyor tartibda davlat xizmati ko‘rsatdilar. Murojaat bahonasida otaxonning 50 nafardan ortiq mahalladoshlariga ham sayyor tartibda xizmat ko‘rsatildi. Unda fuqarolarning keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish xizmati, pensiya (nafaqa) haqida ma’lumot, ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish xizmatlari bo‘yicha jami 50 dan ortiq murojaat qanoatlantirildi.