Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

TALABALAR O‘RTASIDA YANGI KONSTITUTSIYA YUZASIDAN HUQUQIY VIKTORINA O‘TKAZILDI


Bugun, 13-iyun sanasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Konstitutsiya mening huquqim — mening taqdirim” mavzusida talabalar o‘rtasida huquqiy viktorina o‘tkazildi.

Mazkur tadbir “Yoshlar oyligi” doirasida universitet Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti hamda viloyat Adliya boshqarmasi Targ‘ibot va huquqiy ma’rifat bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.

Universitet Axborot resurs markazida o‘tkazilgan viktorinada 5 ta jamoa qatnashdi hamda unda talabalarga mamlakatimizning Yangi konstitutsiyasi mazmun-mohiyati, xususan, asosiy hujjatda aks etgan “ijtimoiy davlat” tushunchasi va boshqa dolzarb huquqiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq 20 ga yaqin savollar taqdim qilindi.

Viktorinada faol qatnashgan talabalarga boshqarma tomonidan huquqiy adabiyotlar va o‘quv materiallari taqdim qilindi.