Янгиликлар
14
O‘zbek tilida so‘zlashgan investor
O‘zbekistonga kelgan ishbilarmon eng avvalo adliya bo'limlarining davlat xizmatlari markazlaridan o‘z bizneslarini rasmiylashtiradi. Kuzatganimiz, xorijlik investorlar tashrifi chog‘ida o‘zbek tilida salomlashib, sog‘lik salomatlik tilashini aytishga harakat qilishadi.
Nega? Chunki, bu millatimizga bo‘lgan hurmat. Tijoratga yo‘l topish. Neki bo‘lmasin, til orqali ko‘ngil olish. Tujjorlar tilida, "...men sizni hamkoringizman..." deyishning eng qulay usuli. Konimex tumani adliya bo'limi davlat xizmatlari markazidan koreyalik investorlar trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bizneslarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdilar.
— 40 nafar xotin-qizlarni ishga taklif qildik, — deydi koreyalik ishbilarmon Bayek Chan.
Davlat xizmatchilari biznes vakiliga yashil yo'lak tamoyili asosida "FACTORY UNICORN" mas’uliyati cheklangah jamiyatini davlat ro'yxatidan o'tkazdilar.