Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Yangi tahrirdagi mehnat kodeksida nimalar o‘zgardi?


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Navoiy viloyati filiali tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi rahbar va mas’ul xodimlari uchun yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati yuzasidan malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Maqsad yangi qabul qilingan Mehnat kodeksi va “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi” qonunga muvofiq mehnat munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish, xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlariga oid huquqiy savodxonlikni oshirishdan iborat.  

Malaka oshirish kursida viloyat Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi, viloyat Adliya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari mas’ul xodimlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.  

O‘quvlar ochiq muloqot va savol-javob tarzida tashkil etilib, unda xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan muhim hujjat hisoblanadigan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi moddalarining mazmun-mohiyati misollar yordamida sodda va aniq tushuntirib berildi.

– Yangilangan Mehnat kodeksiga bandlik, individual mehnat munosabatlari, xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlar mehnatini tartibga solish xususiyatlari, xodimlarning mehnat huquqini himoya qilish, mehnat nizolarini ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi normalar qo‘shildi, – deydi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali Kadrlar ma’muriyatchiligi bo‘limi bosh inspektori Muzaffar Turdimov. – Mazkur kodeks istiqbolda kichik biznes sub’ektlari va yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan aholi mehnatini huquqiy tartibga solishga imkon beradi. Rasmiy va norasmiy tarmoqda mavsumiy ish bilan band bo‘lganlarning mehnat huquqlarini tartibga solishdagi bo‘shliqlar va qarama-qarshiliklarni bartaraf etadi. Mehnat munosabatlarida korrupsiya xavfi kamayib, “Yagona milliy mehnat tizimi” raqamlashtiriladi.  

O‘quv seminari davomida tinglovchilarga “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, hrm.argos.uz tizimi bilan ishlash, jamoa shartnomasi va boshqa qator ish jarayonlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.