Янгиликлар
16
“INSON QADRI UCHUN…”LOYIHASI NAVBAHORDA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Inson qadri uchun” loyihasi Navbahor tumanida ham yuqori saviyada o‘tkazildi.
Qabulga kelgan inson bir muammosiga yechim topib savoliga javob olsa, tashrifidan ko‘ngli to‘ladi.Amina Qarshiyeva ham ana shu maqsadda sayyor muloqotda ishtirok etdi. Uning masalasi sifatli bepul tibbiy xizmat olish orqali sog‘ligini tiklash bilan bog‘liq.Tegishli mutaxassislar ko‘magida fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilib, murojaatni ijobiy qanoatlantirish uchun kerakli hujjatlar hozirlandi.
Feruz Xoliqov kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda mas'ullardan yordam so'radi. Fuqaroning ishi tegishli tartibda o‘rganilib amaliy yordam ko‘rsatildi.
Sayyor qabul davomida elektr energiyasi va gaz ta'minoti,yo‘l, uy-joy ta’miri va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyaqtini boshlash, bank-kredit masalalarida ham bir qator murojaatlar kelib tushdi.Aholining 30ga yaqin muammosi ijobiy hal etish maqsadida adliya organlariga ish yurituviga qabul qilindi.
Shundan so‘ng fuqarolarga farzandini mttga ro'yxatga qo'yish,elektron imzo olish, e-auksionda ishtirok etish, tibbiy va manzil ma’lumotnomalar olish bo‘yicha 13marta davlat xizmatlari ko‘rsatildi.