Янгиликлар
16
“INSON QADRI UCHUN” LOYIHASI SARJALDA
Sarjal Konimex tumanining olis ovullaridan biri.Hudud tuman markazidan qariyib 250-300 kilometr uzoqlikda joylashgan. Ovulliklarning asosiy qismi chorvachilik bilan shug‘ullanadi.
Tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida yo‘l qurilishi, suv, elektr energiyasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim masalalarida murojaatlar kelib tushdi. Shuningdek fuqarolar oilaviy munosabatlar, nikohni bekor qilish, otalikni belgilash, mehnat ta’tili hisoblanishi bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolar yechimi yuzasidan savollariga javob oldilar.
Qabul mobaynida 10 ga yaqin murojaatlar adliya ish yurituviga qabul qilinib, fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatildi.