Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

“INSON QADRI UCHUN” LOYIHASI QIZILTEPADA


Qiziltepa tumani Navoiy viloyatining tadbirkorlik rivojlangan hududlaridan biri.Bu yerda sutni qayta ishlash, qurilish, tekstil,poyafzalsozlik singari tarmoqlar kun sayin taraqqiy etib bormoqda.Mazkur mahalliy ishlab chiqarish quvvatlari yerlik aholini ish bilan ta’minlashda alohida o‘rin tutadi.

Shu bois adliya bo‘limi tomonidan “Inson qadri uchun”  loyihasi doirasida tashkil etib kelinayotgan sayyor qabullarda tadbirkorlik faoliyati, bank-kradit, soliq, sud amaliyoti bilan bogliq masalalarda murojaatlar kelib tushmoqda.

Ayni paytda adliya bo‘limi tomonidan 29 ga yaqin mahallalarda sayyor tartibda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, turli shakldagi 90 ga yaqin murojaatlar adliya ish yurituviga qabul qilindi.

Muloqotlar davomida fuqarolar, mehnat munosabatlari, yo‘l ta’miri, uy-joy ta’minoti,kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish singari masalalarda ham muammolarini aytishdi.

Qabullar davomida fuqarolarga dam olish maskanlariga yo‘llanma uchun navbatga qo‘yish, qurilish, subsidiya olish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatildi.