Янгиликлар
23
HUQUQIY VIKTORINA
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi hamda oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda "Mehnat huquqlarini o'rganamiz" loyihasi doirasida "Siz qonunni bilasizmi" mavzusida huquqiy viktorina tashkil etildi. Bugungi kunda aholining, shu jumladan, xotin-qizlarning qonunlarni bilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, Navoiyda "Ayol - jamiyat ko‘zgusi" mavzusida o‘tkazilayotgan tadbirlar dasturiga ko‘ra xotin-qizlarni ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga jalb qilish, ularning oliy ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlari va huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida Adliya boshqarmasi va oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Siz yangi qonunni bilasizmi?" mavzusida huquqiy viktorina tashkil etildi.
Unda ta’lim muassasalari fidoyilari, manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibda ishtirok etgan jamoalar O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 11 apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun hamda "Mehnat kodeksi"ni
qanchalik puxta o‘zlashtirganliklarini namoyish qilishdi.