Янгиликлар
27
Vazirlik va idoralarda hujjat aylanishining yagona tizimi joriy etiladi
“Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko'ra, 2023-yil 1-sentyabrdan ijro etuvchi hokimiyatning markaziy apparatlari “edo.ijro.uz” tizimiga o‘tkaziladi.
Farmon (https://lex.uz/uz/docs/-6472528) targ'ibotiga doir Uchquduq tumani adliya bo'limi tomonidan tuman hokimligida o'quv seminari o'tkazildi. 2023-yil 1-avgustdan davlat organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir loyihalarni amalga oshirish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘larning 50 foizi kelgusi moliya yilida mazkur davlat organlari faoliyatida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.