Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Yagona portal orqali ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanish bosqichlari “3 qadam” tamoyili asosida maqbullashtiriladi.


2023-yil 1-dekabrgacha fuqarolar raqamli xizmatlardan mustaqil foydalanishlari uchun davlat xizmatlari markazlarida birinchi bosqichda 14 ta “Raqamli xizmat nuqta”lari tashkil etiladi.

 2024-yil 1-yanvargacha raqamli xizmat va servislar, elektron to‘lovlar, media resurslar imkoniyatini birlashtirishni nazarda tutuvchi Yagona portal orqali xizmatlarni taqdim etishning yangi dasturiy ta’minot shakli joriy etiladi.

2023-yil 1-sentyabrdan ijro etuvchi hokimiyatning markaziy apparatlari “edo.ijro.uz” tizimiga o‘tkaziladi.

2024-yil 1-maydan ijro etuvchi hokimiyatning hududiy bo‘linmalari va ular tasarrufidagi tashkilotlar “edo.ijro.uz” tizimiga to‘liq o‘tkaziladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni (https://lex.uz/uz/docs/-6472528) Tomdi tumani adliya boʼlimi mutaxassislari tomonidan hokimlik va korxona, tashkilotlarda targʼib qilinmoqda.