Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Adliya: Navoiy viloyatida 2023-yilning yarim yilligida 2774 ta nikoh rasmiylashtirildi


FHDY idoralarida tug‘ilish, nikohni qayd etish, ajrim va o‘lim holatlarida yarim yillikda 19 mingga yaqin harakat amalga oshirilgan. 2774 ta nikoh, 12866 ta tug‘ilish rasmiylashtirildi,  755 ta ajrim hamda 2562 ta o‘lim holati qayd etildi. 


Eng ko‘p tug‘ilish Navoiy shahrida kuzatildi - 3398 nafar, Xatirchi tumanida 2304 nafar, Karmana tumanida esa 1699 nafar, Qiziltepa tumanida 1475 bola dunyoga keldi. Eng ko‘p nikoh ham Navoiy shahrida kuzatilgan. 633 ta nikoh qayd etildi, Xatirchi tumanida 522 ta oila rasman nikohlandi, Qiziltepa tumanida 426 ta, Karmanada 374  yangi oila nikoh guvohnomasiga ega bo‘ldi. 

Afsuski, ajrimlar bo‘yicha peshqadam  ham Navoiy shahri 189 ta, Xatirchi tumanda 138 ta oilaning nikohi bekor qilindi, Karmana tumanida bu ko‘rsatkich 121 tani tashkil etmoqda.