Янгиликлар
04
HUQUQIY VIKTORINA
Yoshlari o‘rtasida huquqiy viktorina o‘tkazildi.Bunda "Navoiy qizlar klubi" a'zolari va mahalla faol qizlari yangi tahrirdagi konstitutsiyasi va “Mehnat kodeksi” yuzasidan o‘z bilmlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan huquqiy viktorinada 30 ga yaqin yoshlar guruhlarga bo‘lingan holda o‘zaro bellashdilar.
Tadbir ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi.Dastlab ishtirokchilar yangi tahrirdagi konstitutsiya bo‘yicha bilimlarini charxlashgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda “Mehnat kodeksi”dagi o‘zgartirishlar savollarning asosini tashkil etdi.