Янгиликлар
04
NAVOIY ADLIYA: XODIMLAR “ZAKOVAT” DA BELLASHDILAR
“Zakovat” intellektual o‘yini bugun xalq orasida ommalashdi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi ““Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 90-son qarori ma’rifiy sohada yangi davrni boshlab berdi desak mubolag‘a emas.
Adliya vazirligi tizimida ham bu borada alohida mexanizm yo‘lga qo‘yilib, har yili soha vakillari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinini o‘tkazish an’anaga tusiga kirgan.
Navoiy viloyat adliya organlari va muassasalari xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan intellektual bellashuv ham yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.Tadbir manzili viloyat yuridik texnikumi. Adliya boshqarmasi, tuman(shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish va davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo‘limlari ishtirokida o‘tkazilgan bilmlar musobaqasida 11 ta jamoa 6 tadan tarkibda o‘zaro kuch sinashdi.
“Zakovat” intellektual o‘yini mobaynida ishtirokchilar fan, madaniyat, siyosat, tarix, huquq, mantiqiy dunyoqarash bo‘yicha bilmlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Bellashuv natijalariga ko‘ra, Navoiy shahar adliya bo‘limi jamoasi 3-o‘rinni, Navbahor tumani adliya bo‘limi jamoasi-2 o‘rinni, adliya boshqarmasi jamoasi 1- o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoalar adliya boshqarmasi tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandilar.