Янгиликлар
07
Adliya: "Langar" filialida ish qizg‘in.
Xatirchi tumanidan ancha olisdagi tog'li hududda fuqarolar va tadbirkorlar Davlat xizmatlari markazi filiali faoiliyatidan mamnun. Haftaning bir kunida ko'rsatilayotgan davlat xizmatiga aholidan 30 ga yaqin murojaat qabul qilinmoqda.
Qo‘shni Jizzax viloyati bilan chegara bo‘lgan manzildagi “Sangijumon” qishlog'ida ham Xatirchi tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazining “Langar” filiali faoliyati xalqqa manzur. Xizmat mohiyatining o‘zi aholini bir hujjatni deb ovora qilmaslik, fuqarolarga qulaylik yaratishdan iborat. Maqsad xalq rozi rizoligini olish.