Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

BIR MULOQOTDA UCH MASALA…


Uchquduq tumani adliya bo‘limi xodimlari hamda hududdagi huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillar tomonidan Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli Avtomobil transport boshqarmasi ishchi-xodimlari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.
Huquqiy muloqot mamlakatimizda ishlab chiqarish quvvatlarida,tadbirkorlikning boshqa tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlar huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirishdan boshlandi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat Kodeksida nazarda tutilgan tartib taomillarga alohida urg‘u berilib, sud amaliyoti bilan bog‘liq masalalarga ham sudyalar tomonidan oydinlik kiritildi.
Shundan so‘ng, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va qonunchilik bazasi yuzasidan muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbir yakunida mehmonlar Shimoliy kon boshqarmasida ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari bilan tanishib