Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

PREZIDENT QARORLARI-HAYOTDA VA NAZORATDA


Navoiyda joriy yilning shu davriga qadar aholi uchun 332 kilometrlik toza ichimlik suv tarmoqlari tortildi. 57 milliard so‘m mablag‘lar evaziga 45 mingdan ortiq fuqarolar ilk marotaba markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlandi. 16 mingdan ortiq aholining suv ta’minoti yaxshilandi.Shuningdek, suv inshootlari rekonstruksiya qilinib qaytadan ta’mirlandi.Ularning soni bugungi kunda 18 tani tashkil etadi.

Mazkur raqamlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Navoiy viloyati Karmana tumanida oqova suv tizimlarini qurish” hamda “Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri va Kitob tumani markazida oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-171-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosining ifodasidir.

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Prezident hujjatining viloyatdagi ijrosi muntazam ravishda o‘rganib kelinmoqda. “Prezident qarorlari-hayotda va nazoratda” loyihasi doirasida viloyatda aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi, amalga oshirilgan ishlar va yechimtalab masalalar yuzasidan tasvirga olish ishlari tashkil etildi.