Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

ADLIYA MAHALLADA


 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etib borilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Navoiy shahridagi “Guliston” mahallasida tashkil etildi. Tadbirda O‘zNNTMA Navoiy viloyat bo‘limi,nodavlat, notijorat tashkilot vakillari , badiiy jamoalar,mahalla fuqarolar yig‘ini faollari va tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Muloqotda qonunchilikdagi yangiliklar, fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar asosida turkumlangan targ‘ibot materiallari va ularning mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek “Guliston” mahallasida jamoatchilik tashabbusi bilan tashkil etilgan kutubxonada “Adliya huquqiy axborot burchagi” tashkil etish maqsadida aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan adabiyotlar to‘plami sovg‘a qilindi.