Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

HUQUQIY SAVODXONLIKDAN-HUQUQIY JAMIYAT SARI!


Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Navoiy IESda huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Davra suhbatida mamlakatimiz qonunchiligida so‘nggi besh yilda kiritilgan o‘zgartirishlar, mehnat jamoalarida ish faoliyatini tashkil etish, fuqaro murojaatlarini hal etish mexanizmi, aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni oliy ta’limga yanada kengroq jalb etish, ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, bank-kredit yo‘nalishlarida belgilangan tartib-taomillar haqida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng, savol-javob vaqtiga navbat berilib, yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalariga tegishli tartibda javob oldilar.

Muloqot yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ham amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikda nazarda tutilgan tartiblar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tildi.