Янгиликлар
01
Adliya va yuridik ta'lim
Navoiy viloyati yuridik texnikumi mas'ullari OTM larning "Yurisprudensiya" yo'nalishlariga imtihon topshirgan yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan muloqot o‘tkazdi.
Dastlab, texnikum direktori o'rinbosari D.Murtazayev tomonidan yuridik texnikum o'quvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar hamda bitiruvchilarning amaliyotini tashkil etish, bandligini ta’minlash hamda oliy ta'lim tashkilotlari bakalavriatiga o'qishga qabul qilish hamda adliya tuzilmalariga ishga joylashish tartibi xususida so'z yuritildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar va ota-onalar tomonidan texnikumdagi o‘qish va uning imtiyozlari, to‘lov-kontrakt masalalari kabi qator mavzular yuzasidan savollar berildi.
Muloqot davomida murojaatchilarning savollariga tushuntirish va tavsiyalar berilib, flayerlar tarqatildi.
Eslatib o'tamizki, texnikumga hujjat topshirish jarayoni joriy yil 1-avgustdan boshlandi.