Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI KUMUSHKONDA


Karmana tumanidagi “Kumushkon” mahallasida viloyat adliya boshqarmasi va viloyat IIB mas’ullari ishtirokida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.Aytib o‘tish kerak, “Kumushkon” bugungi kunda “qizil mahalla” toifasiga kiritilgan bo‘lib, hududda mingdan ortiq aholi istiqomat qilmoqda.
Targ‘ibot tadbiri davomida mamlakatimizda jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va ijro mobaynida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar xususida so‘z yuritildi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, bugungi kunda viloyat hududida 330 ta mahalla va ovul fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib,joriy yilning olti oyi davomida 171 ta mahalla yashil,104 ta mahalla sariq hamda 55 ta mahalla “qizil toifa”ga kiritildi. Sodir etilayotgan jinoyatlarning asosiy qismi o‘g‘irlik va firibgarlik jinoyati bilan bog‘liq.Tadbirda shu haqda so‘z yuritilib, oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shundan so‘ng, profilaktik nazoratda turgan yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi. Suhbat davomida ularning sharoiti, mavjud muammolari o‘rganildi.