Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Har bir uyga bepul huquqiy maslahat


XATIRCHIDA HUQUQIY AKSIYA DOIRASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

Xatirchi tumani adliya bo‘limi tomonidan “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan” huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabulda 50 ga yaqin fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahat olishdi.
Qabulga kelgan inson bir muammosiga yechim topib savoliga javob olsa, tashrifidan ko‘ngli to‘ladi. Soliha aya Mo‘minova ham ana shu maqsadda sayyor muloqotda ishtirok etdi. Uning masalasi sifatli bepul tibbiy xizmat olish orqali sog‘ligini tiklash bilan bog‘liq.Tegishli mutaxassislar ko‘magida  fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilib, murojaatni ijobiy qanoatlantirish uchun kerakli hujjatlar hozirlandi.

Akmal bobo Xoliqov kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda mas'ullardan yordam so'radi. Fuqaroning ishi tegishli tartibda o‘rganilib amaliy yordam ko‘rsatildi.

Sayyor qabul davomida elektr energiyasi va gaz ta'minoti,yo‘l, uy-joy ta’miri va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyaqtini boshlash, bank-kredit masalalarida ham bir qator murojaatlar kelib tushdi.Aholining 30ga yaqin muammosi  ijobiy hal etish maqsadida adliya organlariga ish yurituviga qabul qilindi.

Shundan so‘ng fuqarolarga farzandini mttga ro'yxatga qo'yish,elektron imzo olish, e-auksionda ishtirok etish, tibbiy va manzil ma’lumotnomalar olish bo‘yicha 10dan ortiq  davlat xizmatlari ko‘rsatildi.